"Navbahor" nazorat o‘yinida imkoniyatini boy berdi

  • 30 avgust, 2018, 22:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mazkur o‘yinda namanganliklar ustozi Ilhom Mo‘minjonov O‘zbekiston U-23 olimpiya tarkibida Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan darvozabon Botirali Ergashev, yarim himoyachi Azizbek Turg‘unboev, shuningdek, engil jarohatlari borligi sababli,  yarim himoyachi Ilhom Boydedaev va hujumchi Azamat Allaniyozovning xizmatlaridan foydalanolmadi. Ammo qolgan barcha asosiy tarkib futbolchilari hamda yosh o‘yinchilarni maydonga tushirdi.

Tecno

Bahs U-21 terma jamoamizning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.   “Lochinlar”ga qarshi kechgan nazorat-sinov bahsi Sunnatilla Abdurasulov boshchiligidagi U-21terma jamoamiz uchun Xitoyda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqa oldidan futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilab olish uchun  o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tagan bo‘lsa, “Navbahor” a’zolariga o‘yin amaliyotini saqlab turish uchun yordam berganligi ehtimoldan xoli emas.      

"Lochinlar" Toshkentdagi yig‘inni ertaga yakunlaydi.Shundan so‘ng O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi bayrami munosabati bilan “Navbahor” a’zolari qisqa muddatli ta’tilga chiqishadi.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!