
"Navbahor" - "Paxtakor". Jamoalar ertaga qanday liboslarda o‘ynaydi? (Foto)
Mazkur o‘yin oldidan har ikki jamoa mutasaddilari, shuningdek, uchrashuv komissari Ma’mur Saidqosimov ishtirokida miting o‘tkazildi. Bu haqda "Navbahor" rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unda bo‘lajak o‘yinga oid bir qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, jamoalarning ertangi uchrashuvda qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari ham ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, bo‘lajak bahsda “Navbahor” futbolchilari qizil, “Paxtakor” vakillari esa sariq rangli futbolkalarda maydonga tushadigan bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi “Markaziy” o‘yingohda ertaga soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar