"Nasaf"ning sobiq legioneri "Navbahor"ga o‘tishga juda yaqin turibdi

  • 4 yanvar, 2019, 20:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumning birinchi yarmini “Nasaf” klubida o‘tkazgan serbiyalik himoyachi Slavko Lukich ayni damda “Navbahor” ko‘rigida bo‘lib turibdi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 29 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa, “lochinlar” u bilan shartnoma imzolashadi.

Ma’lumot uchun, Lukich “Nasaf”dan ketgach faoliyatini Serbiya Oliy ligasi ishtirokchisi hisoblangan “Zemun” klubi safiga borib qo‘shilgan edi. U qarshiliklar safida Superligada jami 14ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" o‘tgan mavsum davralar oralig‘ida "Nasaf"ning rossiyalik legioneri - Igor Golbanni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!