"Nasaf" ustozi Dragan Cheranning jarohati borasida nima dedi?

  • 4 mart, 2018, 15:52
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘yinoldi matbuot anjumanining navbatdagi qismida "Nasaf" ustozi  Ro‘ziqul Berdiev hamda hujumchi Bobir Abdixoliqov ishtirok etishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tecno

Ro‘ziqul Berdiev: - OChL katta nufuzga ega musobaqa hisoblanadi. Bu turnirda kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Unda qatnashish uchun guruh bosqichiga chiqqanmiz. “Al Sadd” jamoasi ham guruhimizdagi jiddiy raqiblardan biri hisoblanadi. O‘zingizga ma’lum, ular guruhdagi o‘tgan ikki o‘yinda g‘alaba qozonishgan. Tarkibida yuqori ijroga ega futbolchilar talaygina.

Bunaqa bellashuvlarda futbolchilarning ruhiy tayyorgarligi katta ahamiyat kasb etadi. Shularni hisobga olib, bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. Umid qilamanki, futbolchilarimiz muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchlarini ishga solishadi. Ulardan maydonda erkin harakat qilishi talab etiladi.

Jamoamizda yo‘qotishlar yo‘q. Hamma futbolchilarimiz o‘yinga shay. Hujumchimiz Dragan Cheran Farg‘onada bo‘lgan o‘yinda maydonga tushmadi. Unda kichik jarohat bor edi. Biz tavakkal qilishni hohlamadik. Ammo u bugun mashg‘ulotlarimizga qo‘shildi va ertaga bo‘ladigan o‘yinda jamoamizga yordam beradi.

Doniyor Narzullaev hozir Toshkentda, shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Uning ahvoli ancha yaxshi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, u tezroq safga qaytib jamoadoshlarimga yordam beray deyapti. Umid qilamizki, futbolchimiz yaqin kunlarda mashg‘ulotlarimizga qo‘shiladi.

Bobir Abduxoliqov: - Ertaga bizni qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Raqib qanday kuchga ega ekanligini unchalik ahamiyati yo‘q. Ammo raqibimizni hurmat qilamiz. Ertaga muxlislarimizni xursand qilish maqsadida, g‘alaba uchun maydonga tushamiz. G‘alaba qozonish uchun borimizni beramiz. Kamchilik har jamoada ham bo‘ladi, biz ham raqibni yaxshi o‘rgandik. Ertaga raqibni xato va kamchiliklaridan foydalanishga urinamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!