“Nasaf” FM murabbiylariga yangi litsenziyalar topshirildi
Qashqadaryo viloyatida, jumladan “Nasaf” futbol maktabida faoliyat yuritayotgan murabbiylarga OFKning “V” toifasidagi litsenziyalari topshirildi. Tadbir “Nasaf” FMda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi texnik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Imomov, klubi bosh menedjeri S.P.Kucherenko, jamoa bosh murabbiyi R.S.Berdievlar ham hozir bo‘lishdi.
Futbol maktabi murabbiylaridan Umirqul Rahmatullaev, Pavel Kshnyakin, Jasur Ibragimov, Ozod Berdiev, Nurali Qung‘irov, Dilmurod Po‘latov va Jamshid Azizovlarga mazkur toifali litsenziyalar topshirildi. Yana bir murabbiy Eldor Moylievga esa OFKning “A” litsenziyasi topshirildi.
Murabbiylarga ushbu litsenziyalarni Shavkat Imomov, S.P.Kucherenko va R.S.Berdievlar topshirishdi, -deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati
Quida ushbu marosimdan olingna fotolarni tomosha qiling:









Fikrlar