“Nasaf” Dohaga etib bordi

  • 11 mart, 2018, 09:51
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qarshining "Nasaf" klubi delegatsiyasi Qatar poytaxti Dohaga shahriga etib bordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Klub delegatsiyasini “Al Sadd” rasmiylari aeroportda munosib kutib olishdi.

Tecno

Qatarga “Nasaf” 20 nafar futbolchini olib bordi.


Darvozabonlar: 35.Sanjar Quvvatov, 1.Umidjon Ergashev, 65.Mashhurjon
Muhammadjonov.
Himoyachilar: 4.Maqsud Karimov, 5.G‘olib G‘aybullaev, 14.Sharof Muhitdinov,
22.Igor Golban, 55.Slavko Lukich, 92.Umarbek Eshmurodov.
Yarim himoyachilar: 6.Azizjon G‘aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Sanjar Rashidov,
20.Islom Kenjaboev, 21.Jahongir Aliev, 27.Islom Rashidxonov, 38.Akmal
Mozgovoy, 77.Jasur Hasanov.
Hujumchilar: 10.Bobir Abduxoliqov, 30.Xudoyorxon Sagdullaev, 69.Dragan Cheran.


"Nasaf" delegatsiyasi Doha shahridagi “Millennium” mehmonxonasida istiqomat
qilishadi.


O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” 13 mart seshanba kuni, OChL-2018 4-tur doirasidagi
“Al Sadd” jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Uchrashuv Doha
shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida, Toshkent vaqti bilan soat 20:15da
boshlanadi.


Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari bugunning o‘zida mashg‘ulot ham o‘tkazadi.
Ertaga, 12 mart dushanba kuni o‘yinoldi rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda
keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!