
"Napoli" o‘z safiga Suaresni qo‘shib olishni rejalashtirmoqda
Kataloniyaning “Barselona” klubida to‘p tepayotgan Denis Suares faoliyatini Italiyada davom etirishi mumkin. Bu haqida Diario Sport nashri xabar bermoqda.
Italiyaning “Napoli” klubi Suaresni o‘z safiga mavsum yakunida qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli xavbek joriy mavsumda 11 uchrashuvda maydonga tushib, 2 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan va 2ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirishga erishgan.
Fikrlar