
"Napoli" Sarrining o‘rniga bir qator murabbiylarning nomzodini ko‘rib chiqmoqda
Donetskning “Shaxtyor” klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka “Napoli”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, dastavval ushbu ro‘yxatda shuningdek “Sampdoriya” ustozi Marko Jampaolo hamda “Valensiya” bosh murabbiyi Marselino Garsiya Torallar ham bor edi. Biroq, yangilangan ro‘yxatda Toral yo‘q. Uning o‘rniga PSJdan ketishi aniq bo‘lgan Unai Emeri hamda SPAL bosh murabbiyi Leonardo Semplichi bor.
Aytish lozimki, “Napoli”ning amaldagi ustozi Mauritsio Sarri yangi mavsumda “Chelsi”ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar