Nagaevning xatosi jamoasiga qimmatga tushdi

  • 23 may, 2018, 20:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qozog‘istonda mamlakat kubogining chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Ivan Nagaev faoliyat olib boradigan “Ordabasi” klubi yarim final uchun kechgan o‘yinda “Qayrat”ga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Bir o‘yindan iborat bo‘lgan qarama-qarshilikning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida 1:1 hisobida kuchlar teng keldi. G‘olib nomini aniqlash uchun esa penaltilar seriyasiga murojaat etildi.

“Futbol lotereyasi”da esa omad olmotaliklarga kulib boqdi va ular 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Nagaev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 120 daqiqa o‘ynadi. Aynan hamyurtimiz jamoasining penaltilar seriyasidagi so‘nggi zarbani yo‘lladi va afsuski, gol kirita olmadi va “Qayrat”ning keyingi bosqichga yo‘l olishini “ta`minladi”.

Qozog‘iston kubogi. Chorak final

“Ordabasi” – “Qayrat” 1:1

Penaltilar seriyasi – 3:4.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!