Murodjon Ahmadaliev chempionlik kamarini himoya qiladi

  • 13 noyabr, 2018, 11:22
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional ringda muvaffaqiyatli yurishini davom ettirayotgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jangini 24 noyabr kuni o‘tkazadi.

Tecno

Joriy yilning 23 avgust kuni u chililik RAmon Kontrerasga (15-7-0, KO6) qarshi ringga chiqib, WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.

Endi bokschimiz bo‘lajak to‘qnashuvda ana shu kamarni himoya qiladi. Mazkur qarama-qarshilikda unga amerikalik tajribali bokschi Isaak Zarate (16-3-3, KO2) raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon professional ringdagi faoliyatini joriy yilning mart oyida boshlagan va shu vaqtga qadar 4 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Uchtasida nokaut qayd etgan.

Bu bokschilari ishtirokidagi jang Kaliforniya shtati (AQSh)ning Atlantik shahrida tashkil etiladi. Jang 10 raund etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!