
Mundo Deportivo: "Chelsi" tez orada Oblakni 100 million evroga sotib oladi
Madridning “Atletiko” klubi darvozaboni Yan Oblak faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Londonning “Chelsi” klubi yaqin soatlar ichida 25 yoshli sloveniyalik posbonni uning shartnomasida ko‘rsatilgan 100 million evro tovon puli evaziga sotib oladi.
Ma’lumotlarga qaraganda Oblakni sotib olishni shaxsan “aristokratlar” xo‘jayini Roman Abramovich talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi”ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua yaqin soatlar ichida “Real”ga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar