Mourino yangi yilda olinadigan to‘rt futbolchi nomini oshkor qildi

  • 23 dekabr, 2016, 09:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
"Manchester Yunayted" rahbariyati 2017 yili jamoaga olib kelinadigan to‘rt futbolchi nomini e’lon qildi.
 
Qishki transferlar vaqtida Joze Mourino qo‘l ostidagi himoyachilar qatoriga "Benfika"ning shvetsiyalik himoyachisi Viktor Lindelef kelib qo‘shiladi. Bu futbolchi "Manchester Yunayted"ga 38 million funtga tushadi.
 
Joze Mourinoning yozgi transfer vaqtidagi asosiy mo‘ljali "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann bo‘lib qolmoqda. Frantsiya terma jamoasi hujumchisining transfer narxi 84 million funtni tashkil qiladi. Biroq, bu summa Mourinoni cho‘chitayotgani yo‘q. Portugaliyalik mutaxassis Antuan Grizmanni Ueyn Runining o‘rnida o‘ynatmoqchi.
 
Bundan tashqari, manchesterliklar yozda "Benfika"ning yana bir himoyachisi - 23 yoshli Nelson Semedu va "Monako"da ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan 22 yoshli yarim himoyachi Temue Bakayokoga xaridor bo‘ladi. Har ikki futbolchining umumiy transfer narxi 60 million funtni tashkil qilmoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!