
"Monako" 8 yilda yangi bir antirekord o‘rnatdi
Frantsiya chempionatining 7-turi doirasida "Monako" "Anjer"ga mag‘lub (0:1) bo‘ldi.
Ushbu bahsda "qizil-oqlar" raqib darvozasiga biror marta ham aniq zarba yo‘naltira olishmadi. Aytib o‘tish joizki, bunday holat ohirgi marta 2010 yilning may oyida "Lion"ga qarshi bellashuvda qayd etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, "Anjer"ga qarshi bahsning birinchi bo‘limida rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin "Monako" safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi.
Fikrlar