
Modrich barcha gap-so‘zlarga nuqta qo‘ydi
"Mening "Real" bilan shartnomam yana bir yarim yil amal qiladi. Xotirjamman, boisi bu ancha katta muddat. Klubda yana uzoq yillar o‘ynashni istayman. Hozirda esa xuddi birinchi kelgan kunimdagi singari barcha narsadan ko‘nglik to‘q", - dedi xorvatiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Luka 2012 yildan buyon madridliklar safida to‘p suradi. O‘tgan yozda 33 yoshli futbolchiga Italiyaning "Inter" klubi jiddiy qiziqish bildirgan edi.
Joriy yilgi mavsumda esa Modrich Ispaniya La Ligasida 20 bahsda maydonga tushdi va 2 gol kiritib, yana shunchasiga assistentlik qildi.
Fikrlar