
Mirror: Maxrez 75 mln funt evaziga "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi
“Lester” yarim himoyachisi Riyod Maxrez katta ehtimol bilan faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli jazoirlik futbolchi 75 mln funt evaziga “shaharliklar” a’zosiga aylanishga juda yaqin turibdi. “Siti” faqatgina agentning xizmat haqqi borasida kelishib olsa bas.
Ma’lumot uchun, Maxrez yakunlangan mavsum “Lester” safida APLda jami 36ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar