
Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Toshkentning "Bunyodkor" klubida navbatdagi o‘zgarish amalga oshirildi.
Shu vaqtgacha jamoani boshqarib kelgan Sergey Lushchan o‘z lavozimidan ozod etildi. Bunga uning jamoa bilan so‘nggi vaqtlarda OChL-2017 va milliy chempionatda ko‘rsatgan qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan. U o‘z xohishiga ko‘ra bo‘shash haqida ariza yozgan. Uning o‘rniga klubga O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Bunyodkor" sobiq ustozi Mirjalol Qosimov bosh murabbiy etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq klub yangi prezidenti etib O‘ztransgaz AK raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurov tayinlangan bo‘lsa, Murod Aliev yangi bosh direktori lavozimini egallagan edi.
Fikrlar