Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio jismoniy tarbiya universiteti bilan hamkorlik qiladi

  • 30 yanvar, 2019, 18:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Avvalroq Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Komiljon Ro‘ziev MOQning Yaponiyadagi maslahatchisi Mansur Bahriddinov bilan birga Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish ishlari vaziri, Yaponiya Parlamenti deputati Yoshitaka Sakurada bilan uchrashgani haqida xabar berib o‘tgandik. Kunning ikkinchi yarmida Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari Tokio jismoniy tarbiya universitetiga tashrif buyurib, ushbu o‘quv yurti prezidenti Kenichi Matsunami bilan ko‘rishdilar.

Tecno

Matsunami mehmonlarni qabul qilishdan mamnunligini qayd etar ekan, Tokio jismoniy tarbiya universiteti Olimpiada chempionlarini tayyorlash maskani ekanligini alohida ta’kidladi. Universitet bitiruvchilari ichida gimnastika, shuningdek jamoaviy sport turlari bo‘yicha vakillar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Tomonlar uchrashuv davomida sportchilarimizni basketbol, voleybol kabi jamoaviy sport turlarida munosib tayyorlash, bu borada universitet mutaxassislari bilan hamkorlik qilish masalalarida fikr almashdilar. O‘z navbatida janob Matsunami ushbu hamkorlikdan xursand bo‘lishini aytib o‘tdi. U O‘zbekistonga mehri bo‘lakcha ekanligini, Osaka – Toshkent yo‘nalishida qo‘yilgan birinchi aviareysdayoq yurtimizda mehmon bo‘lganini alohida taassurotlar bilan yodga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!