
"Milan" o‘zining 7-xaridini amalga oshirdi (foto)
Bugun “Milan” klubi safini “Atalanta” himoyachisi Andrea Konti to‘ldirdi. Aytish lozimki, bu “rossonerilar”ning ushbu yozgi transferlar davridagi 7-xaridi bo‘ldi. Ular bungacha Andre Silva, Xakan Chalxanoglu, Mateo Musakkio, Rikardo Rodriges, Frank Kessi va Fabio Borinilarni sotib olishga ulgurishgan edi.
23 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosi “Milan” bilan 2020 yilga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, Konti joriy mavsum A Seriyaning jami 33ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Shu bilan birga hakam tomonidan 12 marta sariq kartochka bilan ham ogohlantirilgan.
Fikrlar