
"Milan" La Liga jamoasini enga olmadi
Italiyaning “Milan” klubi mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvida Ispaniyaning “Betis” klubini taslim etolmadi.
Xususan, uchrashuvning 67-daqiqasida ispaniyaliklar vakili Ruis hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqaga kelib, Andre Silva hisobni tenglashtirishga erishdi. Biroq o‘yinning so‘nggi daqiqasida Sanabriya Donnarumma darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol etib, “Betis”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
"Milan" (Italiya) - "Betis" (Ispaniya) - 1:2
Gollar: Ruis, 67 Andre Silva, 75 (pen), Sanabriya, 90(pen)
"Milan": Storari (Donnarumma, 46), Sapata (Gomes, 63), Antonelli (Abate, 46), Bonuchchi, Kalabriya (Simich, 90+3), Montolivo (Kutrone, 82), Xoqon Chalxano‘g‘li, Lokatelli (Kesse, 64), Borini, Suso (Mauri, 63), Andre Silva.
"Betis": Dani Ximenes, Barragan (Petstsela, 63), Feddal (Karlos Redruelo, 70), Mandi (Navarro, 63), Toshka, Guardado (Xoakin, 58), Kamarasa (Narvaes, 46), Nauel Leyva (Fransis Gerrero, 70), de la Os (Brashanats, 58), Leon (Sanabriya, 63), Loren Moron (Ruis, 58).
Ogohlantirishlar: Guardado, 18. Mandi, 21. Bonuchchi, 23. Antonelli, 30. de la Os, 49. Brashanats, 61. Kesse, 82. Abate, 85. Xakan Chalxanoglu, 89.
Fikrlar