“Metallurg” – “Qo‘qon-1912”. Kichik ustunlik qo‘qonliklar tomonida

  • 14 mart, 2018, 08:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

16 mart kuni Superliga 3-turida Bekobodning “Metallurg” klubi o‘z maydonida "Qo‘qon-1912" futbolchilarini qabul qiladi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati mazkur uchrashuvga doir ma’lumotlar taqdim qildi.

O‘zaro 17-to‘qnashuv

O‘zbekiston chempionatida bu ikki jamoa shu kunga qadar o‘zaro 16 marta maydonga tushgan. Mazkur uchrashuvlarning 8 tasida "Qo‘qon-1912" vakillarining qo‘li baland kelgan. Oltita bahsda “Metallurg” g‘alaba qozongan. Ikkita o‘yinda durang natija qayd etilgan. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 26 ochkoni qo‘lga kiritgan. Bekobodliklar hisobida 20 ochko mavjud .

Yirik g‘alabalar

"Qo‘qon-1912" bekobodliklarni uch marta yirik hisobda dog‘da qoldirishgan - 1999 yilda 5:1, 2003 yilda 4:0, 2017 yilda 3:0. O‘z navbatida “Metallurg” ham ikki marta "Qo‘qon-1912"ni yirik hisobda mag‘lub etgan – 2000 yilda 6:1, 2017 yilda 3:0.

O‘zaro o‘yinlarda qayd etilgan duranglar esa ushbu jamoalarning birinchi va ikkinchi uchrashuvlarida ya’ni, 1998 yildagi bahslarda qayd etilgan. 19 yildan beri bu klublar to‘qnashuvida durang natija kuzatilayotgani yo‘q.

Bekoboddagi o‘yinlar haqida

Jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan sakkizta o‘yinida olti marta mezbonlar zafar quchishgan. "Qo‘qon-1912" Bekoboddagi bahslarida bitta g‘alaba va bitta durang natija qayd etilgan. Qo‘qonliklar 2002 yilda Bekoboddan uch ochko bilan qaytgan.

Bekobodda o‘tgan uchrashuvlar:
22.09.2017 Metallurg – Qo‘qon 1912 3:0
30.04.2016 Metallurg – Qo‘qon 1912 3:1
06.06.2015 Metallurg – Qo‘qon 1912 2:1
14.05.2003 Metallurg – Qo‘qon 1912 3:1
23.03.2002 Metallurg – Qo‘qon 1912 0:2
20.09.2000 Metallurg – Temiryo‘lchi 6:1
18.04.1999 Metallurg – Temiryo‘lchi 2:0
29.05.1998 Metallurg – Temiryo‘lchi 1:1

Hakamlar

“Metallurg”(Bekobod) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) o‘rtasidagi uchrashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘lishdi.

“Metallurg” – “Qo‘qon-1912”
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston).
Nazoratchi:  I. Nexochin (Namangan).
Komissar:  R. Chernikov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!