“Metallurg” “Lokomotiv”ning 7 yillik an’anasiga yakun yasadi

  • 26 may, 2018, 21:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Pepsi Superliga 13-turidan o‘rin olgan "Metallurg" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Mazkur o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Zohid Abdullaev hamda Muhammad Isaevlar mualliflik qilishdi.

Shu tariqa, bekobodliklar 2010 yildan bilan ilk bor o‘z uylarida “temiryo‘lchilar”ni mag‘lub etishdi. O‘shanda “ma’danchilar” 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.

Umuman, shu kunga qadar “Metallurg” uchun “Lokomotiv” eng noqulay raqiblardan biri sanalib kelinadi.

O‘zaro kechgan 27 bahsning faqatgina 3 tasida bekobodliklar g‘alaba qozonishgan edi. Bugungi muvaffaqiyat esa to‘rtinchisi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!