
Messi “Barselona” tarixida eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylanishi mumkin
Bugun Marokashda Ispaniya super kubogi final bahsida “Barselona” “Sevilya” jamoasi bilan kuch sinashadi. Agar ushbu o‘yinda “ko‘k-anorranglilar” zafar quchadigan bo‘lishsa, Lionel Messi klubning eng sovrindor futbolchisiga aylanadi.
Mazkur mukofot argentinalik hujumchi uchun 33-sovrin bo‘lib, bu klub rekordi ekanligini anglatadi. 32 sovrin yutgan futbolchilar orasida yozda Yaponiyaning”Vissel Kobe” jamoasiga o‘tgan Andres Inesta ham bor.
Messi katalon klubi safida 4 marta EChL, 9 marta – La Ligi, 6 marta –Ispaniya kubogi, 7 – Ispaniya super kubogi, 3 – UEFA super kubogi va 3 klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.
Fikrlar