
"Mash’al" "Qizilqum" darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p yo‘lladi
Oliy Liga 28-turida Muborakning “Mash’al” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qilib, yirik g‘alabani tantana qildi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Igor Timanyuk mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tar-o‘tmas Nikita Pavlenko hisobni 2:0ga etkazdi va shu hisob bilan jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi.
Ikkinchi bo‘limda navoiyliklar harchand urinmasin raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. 72-daqiqaga kelib g‘alabaga ishonchi yanada ortgan “Mash’al” vakillari hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Gol muallifi Humoyun Murtazoev. 85-daqiqada esa Shahzod Shaymanov o‘yinga so‘ngi nuqtaqni qo‘ydi. 4:0.
Shunday qilib, ushbu turdan so‘ng muborakliklar hozircha 38 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. “Qizilqum” hisobida esa 33 ochko mavjud.
Oliy Liga 28-tur
08.11.2017
“Mash’al” – “Qizilqum” - 4 : 0
Gollar: Igor Timanyuk 15, Nikita Pavlenko 20, Humoyun Murtazoev 72, Shahzod Shaymanov 85.
Ogohlantirish: Nikita Pavlenko 11.
“Mash’al”: 35.Javohir Ilyosov, 2.Iskandar Shoyqulov, 8.Mirzakamol Kamolov (Abdulloh Olimov 63), 10.Humoyun Murtazoev, 13.Shahzod Shaymanov, 18.Abbos Shodmonov (s), 22.Bobur Qosimov, 27.Nikita Pavlenko (Tomoki Muramatsu 77), 31.Igor Timanyuk, 44.Asiljon Begimqulov, 90.Zafar To‘raev.
“Qizilqum”: 55.Erkin Jabborov, 2.Viktor Grigorev, 4.Erkin Boydullaev (s), 8.Akmal Rustamov, 9.Otabek Zokirov (Otabek Isroilov 63), 14.Fayzulla Qambarov, 17.Artur Gevorkyan, 18.Samandar Shodmonov, 23.Sherali Jo‘raev, 27.Ilhom Yunusov, 92.Akramjon Bahritdinov.
Fikrlar