
Marselo o‘zi bilan birga o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzdi
Madridning “Real” klubi hamda Braziliya terma jamoasi himoyachisi Marselo faoliyati davomida o‘zi bilan birga o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzdi.
Unga ko‘ra 29 yoshli futbolchining orzular jamoasidan Julio Sezar, Dani Alves, Tyago Silva, Serxio Ramos, Roberto Karlos, Kazemiro, Luku Modrich, Zinedin Zidan, Mesut O‘zil, Krishtianu Ronaldu hamda Neymar o‘rin olgan. Jamoa sardori sifatida esa Luka Modrichni tanlagan.
Fikrlar