
"Marsel" muxlislari Evrani jamoada ko‘rishni istashmayapti
Frantsiyaning “Marsel” klubi ishqibozlari chempionatning kecha bo‘lib o‘tgan “Kan”ga (5:0) qarshi o‘yin oldidan jamoa himoyachisi Patris Evraga murojaat qilishdi. Stadionning to‘rttala tomoniga joylashtirilgan bannerda quyidagi so‘zlar yozilgan edi:
“Sen o‘zingni jamoadan ham yuqoriman deb o‘ylaysanmi. Biz seni safimizda ko‘rishni istamaymiz. Yo‘qol...Evra”.
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli futbolchi o‘tgan hafta Evropa ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yindan oldin o‘zini haqorat qilgan “Marsel” muxlisining boshiga oyoqlari bilan zarba bergan va shundan keyin hakam tomonidan maydonda chetlatilgan edi. Ushbu holat yuzasidan UEFA 10 noyabr kuni o‘zining yakuniy qarorini e’lon qilishi kutilmoqda.
Fikrlar