
Marko Chekkinato Xorvatiyada pullarini ko‘paytirib oldi
Xorvatiyaning Umag shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tgan "Plava Laguna Croatia Open Umag" turnirida italiyalik Marko Chekkinato g‘alaba qozondi.
Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida Marko argentinalik Gido Pelyani 6:2, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa faoliyati va joriy yilgi mavsumda ikkinchi g‘alabasiga erishgan Marko Chekkinato bosh sovrin bilan birga 89.435 evro pul mukofoti va 250 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar