Mariya Sharapova bir tonna pishloqqa buyurtma berdi
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova instagram ijtimoiy tarmog‘ida muxlislarining savollariga javob berdi.
– Pastani yaxshi ko‘rasizmi? Men esa sizni sevaman!
– Ahmoqona savol bo‘lsa-da menga yoqdi! Albatta, pastani yaxshi ko‘raman. Ayniqsa uyda tayyorlanganini.
– Elkangiz yaxshimi?
– Ha hammasi yaxshi! Kecha olti haftalik tanaffusdan so‘ng kortga qaytdim.
– Badminton o‘ynaysizmi?
– Ha, ba’zan o‘ynayman.
– Hozirda qaysi kitobni o‘qimoqdasiz?
– Hozirgina "Originals" kitobini yakunlab, "Principles" kitobini o‘qishni boshladim.
– Chang‘ida uchish yoqadimi
– Men hech qachon chang‘ida uchmaganman.
– Marokashda bo‘lganmisiz?
– Yo‘q, lekin 2019 yili borishni niyat qilmoqdaman.
- Grekcha taomlar yoqadimi?
– Juda ham! Odatda xalumi sirini bir tonna buyurtma qilaman!
– Borsh yoki chuchvara?
– Chuchvara!



Fikrlar