Marat Bikmaev: Men hujumchi bo‘lib tug‘ilganman

  • 11 noyabr, 2018, 21:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmaevning faoliyatidagi urgan gollari 100 tadan oshdi va “Navbahor” darvozasiga kiritgan to‘pi 103-goliga aylandi. O‘tgan yili to‘purar bo‘lgan va bu safar ham unda yana shunday imkoniyat bor. O‘zaro musohaba davomida ushbu jihatni ham e’tibordan chetda qoldirmadik.

Tecno

- Men hujumchi bo‘lib tug‘ilganman. Baribir istalgan hujumchiga gol urish yoqimli. Shunday ekan, men hech qachon gol urishdan to‘xtamayman. Bilasizmi, hujumchini qanaqa o‘ynashiga emas, balki urgan gollariga qarashadi. O‘tgan yili to‘purar bo‘lgandim, ammo bosh maqsadim bu emasdi. Men hech kimga qaramaganman. Hozir esa shunchaki jamoamiz o‘z o‘yinlarini yutishi kerak. Mening gol urish yoki urmasligim esa bu muhim emas. O‘tgan yili to‘purar bo‘ldim, bu etadi. Oldimizda ikkita o‘yin kutib turibdi. Men esa to‘purarlar poygasiga ahamiyat bermayapman.

Tajribali hujumchi bilan uyushtirilgan to‘liq suhbatni tez orada saytimizda o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!