
"Manchester Siti"ning asosiy himoyachisi bir necha haftaga safdan chiqdi
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport jarohati sabab bir necha haftaga safdan chiqdi.
Frantsiyalik futbolchi "Chelsi"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya liga kubogi finalida jarohat olgan. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardolaning aytishicha Lyaport mart oyi o‘rtalarida safga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” ayni damda APL musobaqa jadvalida 65 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar