"Manchester Siti"ning asosiy futbolchisi "Xoffenxaym"ga qarshi bahsda jarohat oldi

  • 3 oktabr, 2018, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan kecha Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida "Xoffenxaym"ga (1:2) qarshi o‘yinda jarohat oldi.

Tecno

Aniqrog‘i, germaniyalik futbolchi ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida oyog‘ida og‘riq his qila boshladi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga uchrashuvni Bernardu Silva davom ettirdi.

“Gyundoganning jarohati mushaklari bilan bog‘liq. Hozircha uning jarohati qay darajada ekanligini bilmayman. Bu haqda ertaga ma’lum bo‘ladi”, - deydi jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!