
"Manchester Siti"ning APLdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 21ta o‘yinga etdi
Xabaringiz bor kecha "Manchester Siti" APLning 15-turida safarda "Uotford" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, Xosep Gvardiola shogirdlari shu tariqa o‘zining APLdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 21ta o‘yinga (18ta g‘alaba, 3ta durang) etkazib olishdi. Ular so‘nggi bor o‘tgan mavsum aprel oyida Manchester derbisida hamshahari MYuga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” premer-liganing 15ta turida 41 ochko to‘plab musobaqa jadvalida peshqadamlik qilishmoqda.
Fikrlar