"Manchester Siti" yangi futbolchilar uchun 300 mln funt sarflamoqchi

  • 30 may, 2017, 13:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Manchester Siti” klubi rahbariyati yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrini juda faol o‘tkazishmoqchi.

Tecno

Qayd etish lozimki, “shaharliklar” o‘tgan haftada 43 mln funt evaziga “Monako”dan  Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olishgan edi. Shu kunlarda esa “Benfika”ning braziliyalik golkiperi Ederson ham “Siti” tarkibini to‘ldirishi kutilmoqda. Uning transferi esa tahminan 33-35 mln evroga baholanmoqda.

Xabarlarga qaraganda jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Aniqrog‘i, “Manchester Siti” yozgi transferlar uchun 300 mln funt sarflashni rejalashtirgan.

Ular shuningdek “Tottenxem”dan Kayl Uoker, “Monako”dan Benjamen Mendi,  “Atletik”dan Emerik Laport va PSJdan Markinos kabi futbolchilarni sotib olishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!