
“Manchester Siti” sobiq futbolchisi o‘zini “Inter” va “Milan”ga tavsiya qildi
Yozda Angliyaning “Manchester Siti” klubi bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etib, erkin agentga aylangan Bakari Sanya o‘z xizmatlarini Italiyaning “Milan” hamda “Inter” klublariga taklif etdi.
“FC Inter News” xabariga ko‘ra, futbolchi hozirda javob kutmoqda va bunda yuqorida nomi tilga olingan manba Luchano Spaletti jamoasiga o‘tmoqchi ekanligini qayd etgan.
34 yoshli Sanya yozda o‘ziga jamoa topa olmagan edi. Unga “Benfika”, “Sporting”, “Torino”, “Beshiktosh”, “Lester Siti” va “Bursaspor” jamoalari qiziqish bildirgan bo‘lsada, yakunda shartnoma imzolanmagan edi.
Fikrlar