
"Manchester Siti" shu yozning o‘zida ikkinchi rekord transferni amalga oshirishi mumkin
Frantsiyaning “Monako” klubi himoyachisi Benjamen Mendi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishiga juda yaqin turibdi. Boisi, unga “Manchester Siti” klubidan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq monakoliklar “shaharliklar”ning Mendi borasidagi 3ta taklifini (40, 45 va 52,5 mln evro) rad etishgan edi. Ayni damda esa “Siti” bu borada o‘zining yangi taklifini tayyorlamoqda. Xabarlarga qaraganda, ushbu taklifni “Monako” ham rad eta olmaydi.
Ta’kidlash lozimki, agar Mendining transferi amalga oshadigan bo‘lsa, u dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylanishi mumkin. Bu boradagi ayni rekord ham Xosep Gvardiola jamoasiga tegishli bo‘lib turibdi. Chunki, ular bundan avvalroq “Tottenxem” himoyachisi Kayl Uokerni 57 mln evroga xarid qilishib, rekord o‘rnatishgan edi.
Fikrlar