“Manchester Siti” o‘z natijasini yangiladi

  • 24 yanvar, 2019, 07:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Liga Kubogi yarim final javob o‘yinida “Manchester Siti” futbolchilari “Berton”ga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (10:0) Pep Gvardiola shogirdlari musobaqaning final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. “Shaharliklar” o‘z tarixida birinchi marta mazkur turnirning finaliga qatorasiga ikkinchi marta yo‘l olmoqda.

O‘tgan mavsumda “Manchester Siti” finalda “Arsenal”ni mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovringa ega chiqqandi. Liga Kubogida so‘nggi bor ketma-ket ikki marta chempion bo‘lgan jamoa – “Manchester Yunayted” (2008/09 va 2009/10).

Angliya Liga Kubogi finalida “Manchester Siti” jamoasi “Chelsi” – “Tottenxem” (ilk o‘yin 0:1) juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!