
Makgegor vs Nurmagomedov: Irlandiyalik sportchi matbuot anjumanida kichik "tomosha" ko‘rsatdi (video)
20 sentyabr kuni Nyu-Yorkda engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov va sobiq chempion Konor Makgregor o‘rtasidagi 6 oktyabr kuni bo‘ladigan jang oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Yakunda har ikki sportchi an’anaga muvofiq yuzma-yuz ko‘z urushtirishdi. Unda irlandiyalik jangchi kichik “shou” ko‘rsatdi va Xabibning agenti Ali Abdul-Azizni tanqid qildi.
Xabib va Konor qarama-qarshiligi Las-Vegasdagi UFC 229 turnirining asosiy to‘qnashuvi bo‘ladi. Shou 6 oktyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 7 oktyabr kuni taxminan soat 9:30da boshlanadi) bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar