
Magdeev, Hoshimov va Jiyamurodovlar "B" sertifikati uchun murabbiylik kurslarida o‘qimoqda
Jumladan, 5 fevral kuni Toshkentdagi "Chig‘atoy" sport majmuasida "B" sertifikati uchun OFKning xalqaro murabbiylik kurslarining ikkinchi qismi boshlandi. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Ular orasida Ildar Magdeev, Hikmat Hoshimov, Jahongir Jiyamurodov kabi o‘tmishning mashhur futbolchilari ham bor.
Murabbiylik kurslarini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga Oybek Davletmurodov yordam beryapti. Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘quv kurslarining birinchi qismi 2018 yilning 23-29 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgandi.
Fikrlar