
MYu "Zenit" yarim himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi yarim himoyachisi Leandro Paredes "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra mankuanliklar 23 yoshli argentinalik futbolchini yozgi transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Piterliklar esa Paradesni 50 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. Aytish lozimki, ushbu futbolchiga shuningdek "Real", "Yuventus" va PSJ klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Parades joriy mavsum “Zenit” safida jami 33ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar