
MYu JCh-2018 startiga qadar "Barselona"ning asosiy futbolchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti "Manchester Yunayted"ning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.
Xabarlarga qaraganda “qizil iblislar” 24 yoshli frantsiyalik futbolchini JCh-2018 startiga qadar o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Umtitining xizmatlariga shaxsan mankuanliklar ustozi Joze Mourinyu qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, Umtiti joriy mavsum “Barselona” safida jami 39ta bahsda ishtirok etgan va 1ta golga mualliflik qilishga erishgan.
Fikrlar