
MYu Dubayda yig‘in o‘tkazadi, ammo Pogba bu yig‘inga bormaydi
"Manchester Yunayted" APLda yuzaga kelgan qisqa muddatli tanaffus paytida Dubayda yig‘in o‘tkazadi. E’tiborlisi, ushbu yig‘inga Pol Pogba jalb etilmadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Gap shundaki mankuanliklar ustozi Ule-Gunnar Sulsher premer-liganing 21-turida "Nyukasl"ga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat olgani bois frantsiyalik futbolchini BAAga olib bormaslikka qaror qilgan.
Endi MYu Dubayda 13 yanvar kuni APLning 22-turida “Tottenxem”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsga tayyorgarlik ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba dekabr oyida 4ta gol urgan Pogba muxlislar tomonidan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Fikrlar