Lyuis Xemilton to‘siqqa urildi!
Braziliyada “Formula-1” bo‘yicha Gran-pri musobaqasining saralash bahslari o‘tkazildi.
Unda “Mersedes” jamoasi a’zosi Valtteri Bottas trassani 1 minut 8,322 soniyada aylanib, eng yaxshi natijani ko‘rsatdi va asosiy poygada birinchi pog‘onadan joy oladigan bo‘ldi. Shuningdek, poygani “Ferrari” jamoasi a’zolari Sebastyan Fettel va Kimi Raykkonen ikkinchi hamda uchinchi o‘rinda boshlaydigan bo‘ldi.
Afsuski, “Mersedes” jamoasining eng tajribali poygachisi Lyuis Xemilton saralash bahslarida to‘siq bilan to‘qnashib ketdi va jadvalning ohirgi pog‘onasidan joy oldi.
Bugun, 12 noyabr kuni asosiy poyga ishtirokchilari bilan tanishing:
- Valtteri Bottas («Mersedes»)
- Sebastyan Fettel («Ferrari»)
- Kimi Raykkonen («Ferrari»)
- Maks Ferstappen («Red Bull»)
- Serxio Peres («Fors-Hindiston»)
- Fernando Alonso («Maklaren»)
- Niko Xyulkenberg («Reno»)
- Karlos Sayns-mladshiy («Reno»)
- Felipe Massa («Uilyams»)
- Esteban Okon («Fors-Indiya»)
- Romen Grojan («Xaas»)
- Stoffel Vandorn («Maklaren»)
- Kevin Magnussen («Xaas»)
- Daniel Rikkardo («Red Bull»)
- Paskal Verlyayn («Zauber»)
- Markus Eriksson («Zauber»)
- Lans Stroll («Uilyams»)
- Brendon Xartli («Toro Rosso»)
- Per Gasli («Toro Rosso»)
- Lyuis Xemilton («Mersedes)



Fikrlar