
Lopetegi Ronalduning o‘rnida “Real”da kimni ko‘rmoqchi?
Yaqindagina Madridning “Real” klubi boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan mutaxassis Xulen Lopetegi jamoani tark etgan tajribali hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘rniga olib kelinadigan futbolchi borasida bir qarorga keldi.
Ispan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra Lopetegi portugaliyalik to‘purarning o‘rnida “Chelsi” vingeri Eden Azarni ko‘rmoqchi. Ta’kidlash kerakki, 27 yoshli belgiyalik futbolchiga shuningdek “Real”ning ashaddiy raqobatchisi hisoblangan “Barselona” ham kurash olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” Azarni 130 mln evro evaziga qo‘yib yuborishi haqida xabar tarqatgan edi.
Fikrlar