
"Liverpul" qishki transferlar davrida "Napoli" etakchilaridan birini sotib olmoqchi
"Napoli" klubi hujumchisi Lorentso Insine "Liverpul"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli italiyalik futbolchi mersisaydliklarning qishki transferlar davridagi asosiy ko‘zlagan futbolchisi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Insine asli “Napoli” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010 yildan buyon asosiy jamoada to‘p surib kelmoqda. Lorentso joriy mavsum neapolliklar safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar