"Liverpul" ikkinchi o‘ringa chiqib oldi (video)

  • 25 fevral, 2018, 01:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shanba oqshomida Angliya Premer-ligasida 28-tur o‘yinlari start oldi. “Liverpul” bu tur o‘z maydonida “Vest Xem Yunayted”ni qabul qildi. Gollarga boy tarzda kechgan qarama-qarshilikda “qizillar” 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Tecno

Mezbonlar safida Emre Jan, Mohamed Salah, Roberto Firmino va Sado Manelar gol kiritishgan bo‘lsa, “bolg‘achilar”dan bunga Maykl Antonio javob qaytardi.

E’tiborlisi, ushbu g‘alaba Yurgen Klopp jamoasini turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa olib chiqdi.

Quyida mazkur o‘yinda kiritilgan gollar videosini tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!