
“Liverpul” Yan Oblak uchun 90 mln evro to‘lashga tayyor
“Liverpul” klubi rahbariyati Madridning “Atletiko” jamoasi darvozaboni Yan Oblakni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra mersisaydliklar tez orada 25 yoshli posbonning transferi bo‘yicha “matraschilar”ga 90 mln evro taklif qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Liverpul” “Chelsi” darvozaboni Tibo Kurtua uchun ham kurashga qo‘shilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Oblak yakunlangan mavsum “Atletiko” safida jami 49ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 28ta gol o‘tkazib yuborgan. Shartnomaga ko‘ra uning tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar