
“Liverpul” Emre Janga yakuniy taklifini tayyorlamoqda
Angliyaning “Liverpul” klubi rahbariyati yozda shartnomasi yakuniga etadigan yarim himoyachi Emre Janga o‘zining yakuniy taklifini tayyorlamoqda.
Unga ko‘ra mersisaydliklar 24 yoshli germaniyalik futbolchiga haftasiga 228 ming evro maosh va uzoq yillik shartnoma taklif qilishmoqchi.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Jan yozda “Yuventus”ga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, u joriy mavsum “Liverpul” safida jami 37ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar