"Lion" "Manchester Siti" va "Barselona" qiziqayotgan futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 4 oktabr, 2018, 22:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Lion" klubi o‘zining rasmiy saytida jamoa yarim himoyachisi Lyuka Tuzar bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra 21 yoshli futbolchi “Lion” bilan 2023 yilga qadar tuzilgan kelishuvga imzo chekkan. Qayd etish lozimki, bundan avvalroq Tuzarga "Barselona" va "Manchester Siti" kabi grand klublardan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Tuzar “Lion” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 92ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Frantsiya yoshlar terma jamoasi safida esa 12ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!