
"Lion" "Manchester Siti" himoyachisini sotib oldi
Frantsiyaning "Lion" klubi o‘zining rasmiy saytida "Manchester Siti" himoyachisi Jeyson Denayerni sotib olgani haqida e’lon qildi.
Unga ko‘ra frantsuz klubi 23 yoshli belgiyalik futbolchi uchun “shaharliklar”ga 6,5 million evro to‘lagan. Bundan tashqari, “siti” futbolchining ko‘rsatgan o‘yinlariga qarab yana 3,5 million evro bonus oladi. Denayerning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Denayer 2013 yildan buyon “Manchester Siti” a’zosi hisoblanar edi. Ammo, o‘tgan davr mobaynida u jamoaning asosiy tarkibida birorta ham o‘yinda ishtirok etmagan. “Shaharliklar” uni "Seltik", "Sanderlend" va "Galatasaroy" kabi jamoalarga ijaraga berib yuborishgan.
Fikrlar