
Liga-1. "Lion" "Strasburg"ga imkon qoldirmadi
Turning ilk o‘yini Lionda kechdi. "Stad de Lyumer" stadionida "Lion" va "Strasburg" klublari o‘zaro bahs olib borishdi.
Ushbu bellashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Dastavval 42-daqiqada Marten Tere hisobni ochdi. 64-daqiqada esa Bertran Traore raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
Fikrlar