"Lester" Maxrezning o‘rniga munosib o‘rinbosar topdi

  • 13 iyul, 2018, 21:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Lester" klubi kuni kecha "Manchester Siti"ga o‘tib ketgan Riyod Maxrezga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “tulkilar” jazoirlik futbolchining o‘rniga "Torino" vingeri Yago Falkeni olib kelmoqchi. Qayd etish lozimki, 28 yoshli futbolchiga shuningdek "Vest Xem" va "Sautgempton" klublari ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Falke “Torino” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U ushbu vaqt mobaynida jami 75ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 26ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!